Akbarov

Kim bo'lish muhim. Qanday bo'lish muhimroq

Akbarov

2 min read

(Abiturient uka-singillarimiz uchun)

Bir kuni do'stlarim bilan hayotda kim bo'lish haqida suhbat ketib qoldi. Men "Shunchaki oddiy odam bo'lib o'tib ketishdan qo'rqaman" desam, sherigim "Bu dunyoda hammaning o'z o'rni bor. Agar o'sha hamma havas qiladigan elita odamlarining ham uyida jo'mragi buzilib, suv toshib ketsa santexnik oyog'i tagiga qizil gilam to'shaydi" degan ajoyib gap aytib qoldi.

Rostdan ham o'ylab ko'rsam, biz odamlarga ularning hayotdagi statuslari (ish, mansab, obro') ga qarab baho berar, ularni muvaffiqiyatli muvaffqiyatsizga ajratar ekanmiz. Lekin aslida jamiyat uchun hamma soha, hamma kasb egalari birdek muhim.

Hozirgi paytda qiziq trend ketyapti "Kelajak kasblari" degan. Huddi hamma ITshnik yoki dasturchi bo'lishi kerakdek. Lekin hamma ham bu sohada iqtidorli emasku, ularning ong osti esa shunchaki marketing qurboniga aylanib qolyapti ba'zida, nazarimda.

Mening bir do'stim bor, yoshligidan telefon tuzatishga, narsalar yasashga qiziqardi. Zo'r-zo'r narsalar yasardi ham. Huddi 3 savdoyidagi Amir Xonga o'xshardi. Xullas, undan zo'r injener chiqardi. Lekin u TATUda o'qidi, repititorlik qildi. Hozir bankda ishlayapti. Omadini bersin nima bo'lsa ham, lekin uning yo'lini haligacha tushuna olmayman.

Trenddagi sohalar har doim butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Masalan, men o'qishga topshirgan paytda ko'pchilik fizika matematika o'qigan yigitlar yoki temir yo'llarga, yoki harbiyga topshirishgan. O'qituvchim ham menga shuni tavsiya qilgan. 2 yil o'tib esa, mendan abiturientlarni TATUga qiziqtirishda yordam berishimni so'ragan. Huddi shu kabi keyingi 5 yilda qaysi soha trendga chiqib ketishini hech kim bilmaydi.

Nima qilish kerak unda? Qayerga topshirish kerak?
O'zingiz ozgina bo'lsa ham qobiliyatli bo'lgan va qiziqqan sohani tanlang. Kirish ballarini, odamlarning maslahatlarini va yana boshqa narsalarni keyingi o'ringa qo'ying. O'zingiz ertalabdan kechgacha, ovqat yeyishni ham unutib qo'yadigan darajada o'rganishga tayyor bo'lgan yo'nalishni tanlang.

Va unda eng zo'ri, haqiqiy professional bo'lishga harakat qiling. Professional so'zini oxirgi paytlarda hayotda ham, blogda ham ko'p ishlatyapman. Chunki aynan shu narsa hozir bizdagi ko'p sohlarda yetishmayotgan sifat.

Kuni kecha huddi shu borada do'stim Nuriddin bilan gaplashdik. Bir tanishi xususiy firmasiga yaxshi farroshlar topa olmayotganini gapiribdi. Bu gapni eshitib NASAdagi farrosh bilan bo'lgan voqea esimga tushdi. Biz nega Amerika bo'la olmayotganimiz oddiy bir misoli.

Huddi shu kabi agar Siz arxitektor, yurist, bankir, tibbiyot hodimi, agronom, irrigator, shaharsozlik mutaxassisi, injener, ITshnik, fizika yoki kimyogar olim, payvandchi, santexnik yoki mashina ustasi bo'lasizmi, agar o'z ishingizda mahallada, tumanda, shaharda, viloyatda, respublikada va dunyoda tengi yo'q bo'lsangiz, Siz albatta o'zingiz orzu qilgan hayotni shu orqali qura olasiz.

Unutmang, o'qishning bir yil surilishi, bir yil yana ko'proq mehnat bilan tayyorgarlik qilish tragediya emas. Umrning oldin 4 yilini, keyin esa qolgan qismini ham o'zingizniki bo'lmagan sohada o'tkazish esa shunga yaqin.

Postning eng boshida aytganimdek, kim bo'lish muhim ammo qanday bo'lish muhimroq.
Kim bo'lsangiz ham shunday odam bo'lingki, doim oyog'ingiz tagiga qizil gilam solishga tayyor turishsin.

#justthoughts

@musayev_blogi

More from Akbarov

❓Mandat qachon chiqadi?

Bugun ertalab ilk abituriyentlar imtihon topshirib chiqishdi. Endi ularni eng ko‘p qiziqtirayotgan savol – mandat qachon chiqishini DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov Kun.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qildi. To'liq reportajni YouTube'da tomosha q...

Video