Akbarov

Abituriyentlar diqqatiga!

Akbarov

1 min read

​​Abituriyentlar diqqatiga!

✅ Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

📆 Shaxsiy kabinetida qayd varaqa bilan birga invoys hosil bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati yakunlangun (22-iyul) ga qadar, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

🔖 To‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

📌 Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

❕ Shu sababli abituriyentlardan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda test sinovlarida ishtirok eta olmasliklarini eslatib o‘tamiz.

Izoh: Respublikamizda 2021-yil 20-21-22-iyul dam olish kunlari deb e’lon qilinganligi sababli bank kassalari ishlamasligi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

More from Akbarov

❓Mandat qachon chiqadi?

Bugun ertalab ilk abituriyentlar imtihon topshirib chiqishdi. Endi ularni eng ko‘p qiziqtirayotgan savol – mandat qachon chiqishini DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov Kun.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qildi. To'liq reportajni YouTube'da tomosha q...

Video