Abiturientlarga yana bir imkoniyat!
1 min read

Maktab bitiruvchilari kelajakda yaxshi daromad topadigan, mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassis bo’lib yetishish uchun axborot texnologiyalari va chet tilini bilishi juda muhim. Bu yo’nalishda mutaxassis bo’lmoqchi bo’lgan abiturientlar www.tuit.uz www.inha.uz www.amity.uz www.tiue.uz kabi qator oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishi mumkin edi. Endi ularni yoniga yirik xalqaro EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilayotgan IT PARK UNIVERSITY ham qo’shildi: www.itpu.uz
Prezidentimizning oliy ta’lim sohasida abiturientlar uchun tanlovni ko’paytirish siyosatlari OTMlar orasida raqobatni kuchaytirishi bilan birga, yoshlarimizni diplom uchun emas, haqiqiy bilim olish uchun o’qishga undashi aniq.
AKT va chet tillarini puxta o’rgansangiz, albatta kelgusi hayotingizda o’z oilangiz bilan o’z yurtingizda yashab, iqtisodiy rivojlangan davlatlar bozorlariga masofaviy xizmatlar ko’rsatib yuqori daromad olish imkoniga ega bo’lasiz!